Italiya BMTning Yaqin Sharq agentligini qayta moliyalashtira boshladi

Olam

image

Italiya hukumati BMTning Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam va ishlar agentligi (UNRWA)ni moliyalashtirishni yangilamoqda. Hukumat davom etayotgan gumanitar inqirozga javoban Falastin aholisi uchun jami 35 million yevrolik yangi mablag‘ ajratdi. Bu haqda Italiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Antonio Tayani bugun, 25 may kuni Rimda Falastin milliy ma’muriyati Bosh vaziri Muhammad Mustafo bilan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi.

Ushbu mablag‘ning 5 million yevrosi UNRWA'ga yuboriladi, qolgan mablag‘ni Italiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Butunjahon oziq-ovqat dasturi (WFP) va Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Jamiyatlari Federatsiyasi (IFRC) bilan hamkorlikda yaratilgan "Food for Gaza" tashabbusi oladi.

"Terrorizmni qo‘llab-quvvatlash uchun bir sent ham ketmasligi uchun qat’iy nazorat kerak", deb ta’kidladi Tayani.

Ma’lumot uchun, joriy yilning yanvar oyida Italiya, Germaniya va Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlari, shuningdek, AQSH, Kanada, Avstraliya va Yaponiya tashkilot xodimlarining HAMASning Isroilga hujumiga aloqadorligi haqidagi xabarlar ortidan UNRWA'ni moliyalashtirishni to‘xtatishlarini e’lon qilgan edi.

Yanvar oyida Isroil rasmiylari BMT rahbariyatiga 2023 yil 7 oktyabrda HAMASning Isroilga hujumida UNRWA'ning 12 nafar xodimi ishtirok etgani haqida ma’lumot bergan. Buni keyinroq Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish ham tasdiqladi. Agentlik hujumga aloqador xodimlarning shartnomalarini bekor qildi va tergov o‘tkazishga va’da berdi.

Keyinchalik, Fransiyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Ketrin Kolonna boshchiligidagi BMTning Yaqin Sharq agentligi faoliyatini tekshirgan komissiya uning faoliyatining “mustaqilligi bilan bog‘liq bir qator muammolarni” aniqlaganini ma’lum qildi. U, shuningdek, UNRWA betaraflik tamoyiliga rioya etilishini ta’minlash uchun bir qator mexanizmlar yaratganini ma’lum qildi.

UNRWA uchun yirik donorlardan yordam olib qo‘yilgani munosabati bilan uning rahbari Filipp Lazzarini Shveysariyaning RTS telekanaliga agentlik qulash arafasida ekanligini va uni tarqatib yuborish xavfi borligini aytdi.

Mart oyi boshida Kanada va Shvetsiya UNRWA'ga to‘lovlarni qayta tikladi va bu qadamni G‘azo sektoridagi og‘ir gumanitar vaziyat bilan izohladi.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya Falastin UNRWA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing