IT bo‘yicha xalqaro sertifikat olganlarning xarajati qoplanadi

Texnologiya

image

Endilikda O‘zbekistonda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar my.gov.uz portali orqali ariza topshirib, xalqaro sertifikat yoki o‘qishga sarflagan xarajatlarining 50 foizini qoplatib olishlari mumkin. Bu haqda portalning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, Coursera, Orasle, Udemy, Misrosoft, Google va boshqalar sertifikat olish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar sirasiga kiradi.

Shuningdek, kelib tushgan arizani ko‘rib chiqish, sertifikatni tekshirish va plastik kartaga pul mablag‘ini tushirib berish muddati 17 ish kunida amalga oshiriladi. Imtihon xarajati maxsus sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kun o‘tmasdan murojaat etilganda kompensatsiya qilinadi.

Ma’lumot uchun, agar talabgor 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, arizani to‘ldirishda ota-onasi yoki vasiy haqidagi ma’lumotlarni keltiradi.

Onlayn arizani ushbu havola orqali yuborish mumkin.

Eslatib o‘tmiz, joriy yilning 16 iyun kuni bo‘lib o‘tgan anjumanda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov O‘zbekistonda chet tilini bilish darajasini belgilovchi CEFR sertifikati uchun imtihonlar bepul bo‘lishi mumkinligi hamda xalqaro IELTSʼ sertifikatidan 7 ball olgan fuqaroga Yoshlar agentligi sarflangan pulni to‘liq qaytarib berayotgani haqida ma’lum qilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

67

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing