It boshini mashinaga “yopishtirgan” haydovchi aniqlandi
3-sahifa
−
01 dekabr 2022 14138 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryodagi “Jiguli” haydovchisi itini o‘ldirib, boshini mashinaga “yopishtirib” olgani aks etgan surat tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.
Mazkur holatga sabab bo‘lgan shaxs Guliston shahrida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro A.A. ekani aniqlangan.
Qayd etilishicha, fuqaro joriy yilning 28 noyabr kuni o‘ziga qarashli fermadan yashash xonadoniga itini olib ketish maqsadida mashinasini yukxonasiga joylab olgan. Uning iti avtomashinaning yoqilg‘i quyish baki qopqog‘idan boshini chiqarib olgan. Shundan so‘ng, ushbu holat ijtimoiy tarmoq faollari tomonidan suratga olinib noto‘g‘ri talqin qilinishiga olib kelgan.
Holat yuzasidan mas’ul xodimlar tomonidan haydovchiga profilaktik tushuntirishlar berilgan. Shuningdek, fuqaro xavfsizlik qoidalariga amal qilish bo‘yicha ogohlantirilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025