“It hukmronligi”, “Encanto”: “Oltin globus” mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Madaniyat-san’at

image

Kecha, 9 yanvar kuni AQSHda “Oltin globus” mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Kaliforniyaning Beverli-Xills shahridagi “Beverli Xilton” mehmonxonasida o‘tkazilgan bu marosim o‘z tarixidagi 79-bo‘ldi.

G‘oliblar Gollivudda yashovchi 90 nafar xalqaro jurnalistning ovoz berish yo‘li bilan tanlandi. Ammo mukofotni topshirish marosimi yopiq eshiklar ortida o‘tkazildi va unda jurnalistlar ishtirok etmadi. G‘oliblar ro‘yxati mukofot saytida e’lon qilindi.

Yangi Zelandiyalik rejissyor Jeyn Kempionning “Power of the Dog” (It hukmronligi) filmi “Eng yaxshi dramatik film” nominatsiyasida, Stiven Spilbergning “West Side Story” (West Side hikoyasi) filmi “Eng yaxshi musiqiy komediya” nominatsiyasida g‘olib deb topildi.

Disneyning “Encanto” multfilmi “Eng yaxshi animatsion film” nominatsiyasida, “Sit behind the wheel of my car” (Mening mashinamning ruliga o‘tir) yapon dramasi “Eng yaxshi xorijiy film” nominatsiyasida “Oltin globus”ga sazovor bo‘ldi.

Uill Smit “King Richard” (Qirol Richard) filmidagi obrazi uchun “Dramadagi eng yaxshi aktyor”, Nikol Kidman esa “Being Ricardo” (Rikardo bo‘lish) filmidagi roli uchun “Drama yo‘nalishidagi eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida g‘olib chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

79

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing