ISW Ukrainadagi urush qachongacha davom etishi bo‘yicha prognozlarni berdi

Olam

image

Ukraina urush to‘lqinini o‘z foydasiga burdi, ammo hozirgi qarshi hujum qaysidir vaqtda yakunlanadi. Ukraina barcha hududlarni ozod qilish uchun yangi hujumlar uyushtirishi kerak. Shu munosabat bilan urush 2023 yilgacha davom etadi. Bu haqda Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) tahlilchilari Ukrainadagi frontdagi vaziyat haqidagi yangi hisobotida aytib o‘tgan.

“Hozirgi qarshi hujum urushni tugatmaydi. Rus qo‘shinlari barqaror mudofaa chizig‘ini tiklashi, hatto mahalliy qarshi hujumlarni boshlashi mumkin. Ukraina Rossiya tomonidan bosib olingan hududni ozod qilishni yakunlash uchun, yangi qarshi hujum operatsiyalarini boshlashi kerak. Shu munosabat bilan urush 2023 yilgacha cho‘zilishi mumkin”, deydi ISW ekspertlari.

Qayd etilishicha, Ukraina rasmiylari bosqinchilarning e’tiborini asosiy hujum amalga oshirilishi kerak bo‘lgan hududlardan chalg‘itib, Xerson viloyatida qarshi hujumga tayyorgarlikni muhokama qilishgan. Puxta tayyorgarlik tufayli reja amalga oshgan.

Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli Kuchlari Xarkov va Xerson viloyatlaridagi Rossiya quruqlik liniyalariga hujum qilish uchun HIMARS (yalpi raketa tizimi – tahr.) va boshqa G‘arb qurollaridan foydalangan. Bu operatsiyaning muvaffaqiyati uchun zamin yaratgan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

358

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing