Istanbuldagi teraktda gumonlangan shaxslar Bolgariyada hibsga olindi

Olam

image
0:00
0:00
download

Bolgariya politsiyasi Istanbulning Istiqlol ko‘chasida sodir etilgan teraktga aloqadorlikda gumon qilingan besh nafar shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda Bolgariya milliy televideniyesi xabar berdi.

Bu ma’lumotni Bolgariya prokuraturasining rasmiy vakili Siyka Mileva tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gumonlanuvchilarning to‘rt nafari 72 soat muddatga qamalgan. Ayni paytda sudga ularni doimiy qamoqqa olish talabi kiritilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchilar terrorchilik harakati tashkilotchilariga moddiy-texnik va kommunikatsiya yordami ko‘rsatgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 noyabr kuni tushdan keyin Istanbulning Beyo‘g‘li tumanidagi sayyohlar gavjum va mashhur Istiqlol ko‘chasida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida olti kishi halok bo‘lgan, 80 dan ortiq kishi jarohatlangan. 

Jarohatlanganlarning 50 nafariga shu kunning o‘zida shifokorlar uyga ketishga ruxsat bergan. 31 kishi shifoxonaga joylashtirilgan. Ulardan besh nafarining ahvoli og‘ir, 2 nafari o‘tar og‘ir ahvolda. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an voqeada terror izi borligini aytdi. 

Terakt sodir etilganidan 10 soat o‘tib, teraktning ijrochisi – arab millatiga mansub ayol Ahlam Albashir Istanbul politsiyasi tomonidan qo‘lga olindi.

Tergov davomida u AQSHdan kelgan instruktorlar rahbarligida terrorchilik mashg‘ulotlaridan o‘tganini tan oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

149

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing