Istanbulda yana portlash sodir bo‘ldi

Olam

image

Turkiyaning Istanbul shahrida Yoshlar jamg‘armasi bo‘limi oldida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar hokimligi ma’lum qildi

Qayd etilishicha, portlash mahalliy vaqt bilan soat 6:00da Gaziosmanpasha tumani Hurriyat mahallasida sodir bo‘lgan. 

Portlash oqibatida qurbon bo‘lganlar va jarohatlanganlar yo‘q. 

“Binoning tashqi qismiga zarar yetkazilgan, oynalari sindirilgan. Voqea joyini ko‘zdan kechirish chog‘ida qo‘lbola portlovchi qurilmalarning bo‘laklari topilgan. Mazkur holat yuzasidan sud-ma’muriy tergov harakatlari boshlangan", deyiladi xabarda.

O‘z navbatida Turkiyaning “Star” gazetasi videokuzatuv kameralari noma’lum ayol erta tongda Yoshlar jamg‘armasi binosi kiraverishiga portlovchi moddalar qoldirganini tasvirga olganini xabar qilgan. 

Politsiya gumonlanuvchini qo‘lga olish uchun operatsiya boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 aprel kuni Istanbulning Beyo‘g‘lu tumanida yuqori voltli yerosti liniyalari yotqizilayotgan joyda portlash yuz bergandi. Kecha, 20 aprel kuni esa Turkiya g‘arbidagi vaqtincha saqlash hibsxonasi xodimlarini olib ketayotgan avtobus qo‘lbola portlovchi qurilma bilan portlatib yuborildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

524

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing