Istanbulda yana bir o‘zbekistonlik ayol qotillik qurboni bo‘ldi

3-sahifa

image

Turkiyaning Istanbul shahrida yana bir o‘zbekistonlik ayol ayanchli o‘lim topdi. Uning qotili ham begona emas. Ayolni o‘zbekistonlik erkak pichoqlagan. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi. 

Istanbulning Esenyurt tumanidagi turar-joylardan biriga kiraverishda sevgilisi tomonidan rashk tufayli kaltaklangan ayol pichoq zarbalari nishoniga aylandi. Og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan ayol vafot etgan. Bo‘lgan voqea xavfsizlik kamerasiga yozib olingan. 

Voqea joriy yilning 9 mart kuni Gokevler tumanidagi hashamatli uyning kiraverishida sodir bo‘lgan. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi S.R. o‘zining sevgilisi O‘zbekiston fuqarosi D.R.ni rashk sababli kaltaklay boshlagan. Shundan so‘ng shaxs cho‘ntagidan olib chiqqan pichoq bilan ayolga bir necha marta pichoq urgan. Ayol qonga belangan, voqeani ko‘rgan atrofdagi fuqarolar erkakni to‘xtatib qolgan. 

Voqeaga guvoh bo‘lganlar darhol politsiyaga xabar bergan. Voqea joyiga qisqa vaqt ichida tibbiy guruhlar yetib kelgan. Birinchi yordamdan so‘ng D.R.ni shifoxonaga olib borishgan, ammo barcha choralarga qaramay ayolni qutqarib qolishning iloji bo‘lmagan. 

Hujum qilgan shaxs politsiya tomonidan hibsga olingan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 fevral kuni Istanbulning Fotih tumani Langa Hisari ko‘chasida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ikki erkak – S.M. va K.Y. o‘rtasida janjal kelib chiqqan. O‘zaro kelishmovchilik davomida K.Y. S.M.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Jarohatlangan holda shifoxonaga yetkazilgan S.M. barcha ko‘rilgan choralarga qaramay vafot etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing