Istanbulda Turkiyadagi o‘zbek ayollarini himoya qilish bo‘yicha memorandum imzolandi
Jamiyat
−
24 yanvar 2022
5283O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi va Turkiyadagi o‘zbek ayollarining haq-huquqlarini himoya qilish maqsadida tuzilgan “Özbek Kadın Hakları Derneği” (“O‘zbek ayollari huquqlari assotsiatsiyasi”) o‘rtasida Hamkorlik Memorandumi imzolandi. Bu haqda , “Dunyo” AA xabar bermoqda.
O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsuli Amirsaid A’zamxo‘jayev va ÖKHD rahbari Ozoda Islomova tomonidan imzolangan ushbu Memorandum tomonlarning davom etib kelayotgan hamkorligini yangi huquqiy bosqichga olib chiqish asnosida o‘zbek xotin-qizlari huquqlarini birgalikda himoya qilish, ularni kasbiy, huquqiy bilimlari, va ishbilarmonlik qobiliyatlarini oshirish, turk va xorijiy tillarni o‘rgatish orqali turk jamiyatidagi mavqeini yuksaltirish maqsadi yo‘lida o‘zaro hamkorlikda harakat qilishini ko‘zda tutadi.
Bosh konsulxona va mazkur Assotsiatsiya hamkorligi 2020 yilning sentyabr oyida boshlangan bo‘lib, shu paytga qadar 30 nafardan ortiq xotin-qizlarga manzilli yordam ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning 23 sentyabr kuni o‘zbekistonlik 23 yashar Nodira Qodirova ham Turkiyaning Anqara shahrida Buyuk Millat Majlisining “Adolat va taraqqiyot” partiyasidan depututati Shirin Unalning xonadonida sirli o‘lim topgan edi.
LiveBarchasi