Istanbulda osmono‘par bino yonib ketdi

Olam

image

Turkiyaning Istanbul shahridagi 24 qavatli turar-joy binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda NTV telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, Istanbulning Kadiko‘y tumanidagi Fikirtepe mahallasida joylashgan turar-joy binosida yong‘in avval pastki qavatlarda boshlangan, ammo tez orada tashqi qoplamalar orqali yuqori qavatlarga yetib borgan. Hozircha yong‘in sabablari aniqlanmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, bino aholisi xavfsiz evakuatsiya qilingan.

“Uy va bir qator qo‘shni binolar aholisi evakuatsiya qilindi”, deb xabar berdi telekanal. 

Kadiko‘y, Uskudar, Umraniye va Kartal munitsipalitetlarining o‘t o‘chirish bo‘linmalari tomonidan yong‘inni o‘chirish ishlari olib borilgan. 

Hozirda yong‘in butunlay o‘chirilgan.

Shahar meri Ekrem Imomo‘g‘li aholini evakuatsiya qilish chog‘ida hech kim halok bo‘lmagani va jarohat olmaganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

400

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing