Istanbulda katta fabrikadagi yong‘inda 4 nafar xorijlik halok bo‘ldi
Olam
−
22 iyun 2019
3278Bugun, 22 iyun kuni Turkiyaning Istanbul shahri Buyukchekmeje tumanidagi tekstil va plastik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi fabrikada chiqqan yong‘inda 4 nafar xorijiy fuqaro halok bo‘ldi.
CNN Turk xizmatining ma’lum qilishcha, “Jumhuriyat” mahallasidagi maydoni 1 500 kvadrat metr bo‘lgan 4 qavatli fabrikada hozircha noma’lum sabab bilan yong‘in chiqqan.
Voqea joyiga ko‘plab politsiya va tibbiy tez yordam xodimlari yetib kelgan. Qutqaruvchilar yonayotgan binoda qolib ketgan 20 ishchini qutqargan. O‘t o‘chiruvchilar yong‘indan keyin 4 ishchining jasadini topishgan.
Yong‘in bo‘yicha Istanbul hokimiyati rasmiy ma’lumot bergan. Unda 4 kishining xorijiy fuqaro ekani va boshqa ba’zi ma’lumotlar aytiladi.
“Jarohatlangan 2 nafar xorijlik shifoxonaga yetkazildi. Yong‘inda halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash ishlari davom etyapti. Yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazgan zararini aniqlash uchun surishtiruv ishlari boshlandi”, deyiladi hokimlik xabarida.
LiveBarchasi