Istanbulda 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi (video)
Olam
−
23 aprel 2025 12221 1 daqiqa
Bugun, 23 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:49 da Turkiyaning Istanbul shahrida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Turkiya Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar boshqarmasi (AFAD) saytida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, katta vahima uyg‘otgan zilzila taxminan 10 soniya davom etgan. U Silivri tumani sohilida sodir bo‘lgan. Zilzila qo‘shni viloyatlarda ham sezilgan.
Turkiya OAVlariga ko‘ra, ayni damda ham zilzilalar davom etmoqda.
Zilzila epimarkazi 6,99 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Rasmiy idoralar xalqqa ogohlantirish bilan chiqib, imkoni boricha ehtiyot bo‘lishga chaqirgan.
Ayni damga qadar qancha odam zarar ko‘rgani, qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.
Qolaversa, O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ham barcha Turkiyada yashayotgan fuqarolarni ogohlantirgan.
“Barchangizga tinchlik va omonlik tilaymiz. Alloh O‘z panohida asrasin”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025