Isroilning yangi Mudofaa vaziri vazifasiga kirishdi
Olam
−
08 noyabr
3623Bugun, 8 noyabr kuni Tel-Avivdagi Isroil Mudofaa vazirligi majmuasida yahudiy davlati mudofaa idorasining yangi rahbari Isroil Katsning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Isroil Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Mudofaa vaziri Isroil Kats bugun Tel-Avivdagi Mudofaa vazirligi majmuasida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda o‘z lavozimiga kirishdi”, deyiladi xabarda.
Marosimda so‘zga chiqqan Kats uning maqsadi “Eron tajovuzini to‘xtatish,” HAMAS rahbariyati va “Hizbulloh” harbiy salohiyatini yo‘q qilish hamda bu urushda Isroil g‘alaba qozonishiga ishonchi komil ekanligini aytdi. Isroil Mudofaa vazirligining yangi rahbari “asosiy ma’naviy maqsad” G‘azo sektoridagi HAMAS tomonidan garovga olinganlarni uyiga qaytarish ekanligini qo‘shimcha qildi.
“Mudofaa vaziri sifatida men ham garovga olinganlarni qutqarish maqsadini Mudofaa vazirligining axloqiy ustuvorliklari qatoriga qo‘yaman”, dedi Kats.
Bugun, 8 noyabrga o‘tar kechasi Knesset (parlament) Katsni Isroil yangi Mudofaa vaziri, Gideon Saarni yahudiy davlati tashqi ishlar vazirligi rahbari etib tayinlashni ma’qulladi.
Eslatib o‘tamiz, 5 sentyabr kuni kechqurun Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Yoav Galantni Mudofaa vaziri lavozimidan bo‘shatish va uning o‘rniga tashqi ishlar vaziri Isroil Katsni tayinlash qarorini e’lon qilgandi. Shu bilan birga, portfelsiz vazir Saarni tashqi siyosat bo‘limiga rahbarlik qilishga taklif qildi.