Nihoyat, 6 yil deganda eski “Bunyodkor” stadionining chimi talab darajasiga keltirildi

Sport

image

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatda futbol infratuzilmasini yaxshilash, zamonaviy talabga javob beradigan stadion va maydonlarni barpo qilish va rekonstruksiya ishlarini olib borish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


 
Jumladan, poytaxt Toshkentda joylashgan “Milliy” stadionning chimini yangilash ishlari olib borilayotgani haqida avval xabar berib o‘tgandik. O‘zbekiston futbol assotsiyasi buyurtmasiga asosan Turkiyaning “Iren” kompaniyasi tomonidan stadion chimi zamonaviy talabga javob beradigan darajaga olib kelindi. Bugun O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi hamda Pro-liganing “Rubin” jamoasi o‘rtasidagi o‘yin orqali  maysaning birinchi testi o‘tkazildi. 10 kundan so‘ng ikkinchi sinov amalga oshiriladi. 

Xabaringiz bor, iyun oyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi  KXDR va Suriya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi. Mazkur o‘yinlar “Milliy” stadionda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shu sababdan ham maydon maysasini sinovdan o‘tkazish jarayonida milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper, shuningdek, Olimpiya terma jamoasi ustozi Lyubinko Drulovich hamda O‘FA mutasaddilari ishtirok etishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Milliy

Baholaganlar

30

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing