Isroilning gumanitar karvonga uyushtirgan zarbasi oqibatida 23 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Isroil armiyasining G‘azo shahri markazida gumanitar yordamga hamrohlik qilayotgan mahalliy faollarga bergan zarbasi oqibatida 23 nafar falastinlik halok bo‘ldi. Bu haqda Falastin davlat televideniyesi xabar berdi.

Aytilishicha, yuk G‘azo sektorining shimoliga jo‘natilishi ko‘zda tutilgan.

“Al Jazeera” telekanalining xabar berishicha, Isroil G‘azo sektori ma’muriy markazida gumanitar yordam tarqatayotgan qo‘mitalarga zarba bergan. G‘azo shahri janubi-sharqidagi Saloh ad-Din avtomagistralining Quvayt chorrahasida joylashgan hudud yana o‘qqa tutilgan. 

Qayd etish joizki, 14 mart kuni ham G‘azo shahrida xuddi shunday voqea sodir bo‘lgan. O‘shanda 20 kishi hujum qurboni bo‘ldi, 155 dan ortiq kishi jarohat oldi.

Bundan oldinroq, 29 fevral kuni Isroilning G‘azo shahri janubida gumanitar yordam olishni kutayotgan falastinliklarga uyushtirgan zarbasi oqibatida 118 kishi halok bo‘ldi, 760 kishi jarohatlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing