Isroildagi o‘zbekistonliklarga ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mazkur davlatda istiqomat qilayotgan fuqarolarni ogohlantirdi.

Elchixona Isroildagi mavjud xavfsizlik vaziyati munosabati bilan yana bir bor quyidagi ehtiyot choralarini ko‘rishni qat’iy tavsiya qildi:

  1. Isroilning ayrim hududlariga borishdan saqlanish.
  2. Isroil hukumati va O‘zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib boring. Isroil frontorti qo‘mondonligidan bildirishnomalar va ogohlantirishlar (Home Front Command) mobil ilovasi yoki veb-sayti havolasini telefoningizga o‘rnatish.
  3. Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar va O‘zbekiston elchixonasining aloqa ma’lumotlarini doimo o‘zingiz bilan olib yurish. (bu favqulodda vaziyatlarda tezroq yordam olishga yordam beradi).
  4. Imkon qadar ommaviy yig‘ilishlar joyini chetlab o‘tish va jamoat joylariga tashrif buyurishni cheklash.

Bildirilishicha, agar shoshilinch yordam yoki maslahat kerak bo‘lsa, O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasiga quyidagi telefonlar orqali murojaat qilish mumkin:

• Favqulodda yordam telefonlari :

03-672-2466
03-672-2371
03-758-5075
03-758-5076

Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun:

054 485 1397

• Elektron pochta: [email protected]


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing