Isroilda vaziyat og‘irlashdi. Mamlakat avgustgacha yopildi

Olam

image

Isroil hukumati chet elliklarning mamlakatga kirishiga taqiqni 1 avgustgacha uzaytirdi. Ushbu qaror mamlakatda koronavirus kasalligi tez sur’atlar bilan o‘sishi bilan bog‘liqdir.

Bir kun davomida mamlakatda COVID-19 ning 473 holati qayd etildi. Bu 22 apreldan beri kuzatilmagan edi, deb yozmoqda mahalliy nashrlar.

Natijada, Isroil hukumati sodir bo‘lgan voqealarga zudlik bilan javob berishga majbur bo‘ldi.

Xorijliklarning mamlakatga kirishiga taqiq mart oyida joriy etilgan va shundan beri har oy yangilanib kelmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilda koronavirusga chalinganlar soni 22 139 nafarni tashkil qilmoqda. 15 961 nafar bemor kasallikdan forig‘ bo‘lgan bo‘lsa, 308 kishi olamdan o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Isroilda

Baholaganlar

206

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing