Isroil Bosh vaziri mamlakatda vaziyat keskinlashganini aytdi
Olam
−
06 iyul 2020
6286Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni keskinlashganini ma’lum qildi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari ma’lum qilmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi epidemiologik vaziyat og‘ir bo‘lgani sababli qo‘shimcha cheklovchi choralar kiritilishi mumkin.
Netanyaxuning qo‘shimcha qilishicha, "koronavirus hujumi" tobora kengayib, butun dunyoga yanada tashvish keltirmoqda. Bundan tashqari, infeksiyaning yangi to‘lqini Isroil sog‘liqni saqlash tizimiga tahdid solmoqda.
Avvalroq, mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Yuliy Edelshteyn mamlakatda epidemiyaning ikkinchi to‘lqini boshlanganini e’lon qilgandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilda 29 366 ta koronavirus holati aniqlangan. 17 847 kishi sog‘aygan.
LiveBarchasi