Isroilda razvedka ma’lumotlarini ochiqlashda gumonlanganlar qo‘lga olindi

Olam

image

Isroilda “yahudiy davlatining G‘azo sektoridagi harbiy maqsadlariga erishishiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan” razvedka ma’lumotlarini oshkor qilganlikda gumon qilinganlar hibsga olindi. Bu haqda kecha, 1 noyabr kuni Rishon-LeZion shahri sudi materiallariga tayanib, Isroilning “Haaretz” gazetasi xabar berdi.

Nashrning yozishicha, qo‘lga olinganlardan biri Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu idorasiga aloqador va u bilan HAMAS guruhiga qarshi harbiy operatsiya vaqtida yaqindan hamkorlik qilgan.

Amerikaning “Axios” nashri Isroil rasmiylariga tayanib, gap Netanyaxuning xavfsizlik masalalari bo‘yicha muhim uchrashuvlarda qatnashgan va zarur tekshiruvlardan o‘tmasdan o‘ta maxfiy ma’lumotlarga ega bo‘lgan eng yaqin yordamchisi haqida ketayotganiga aniqlik kiritadi.

Netanyaxuning o‘zi bu ish bo‘yicha uning idorasidan hech kim so‘roq qilinmagani yoki hibsga olinmaganini aytdi. Isroil Bosh vaziri boshqa davlat organining qaysi biri ekanligini ochiqlamay turib, maxfiy ma’lumotlarni oshkor qilishda aybladi.

Bir necha hafta oldin Germaniyaning “Bild” nashri Isroil razvedkasining HAMASning sobiq yetakchisi Yahyo Sinvar muallifi bo‘lgan hujjat haqidagi maxfiy hisobotini chop etdi. Unda HAMASning Isroil bilan garovga olinganlarni ozod qilish va o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralardagi strategiyasi muhokama qilingan. Ushbu strategiya garovga olinganlar o‘zlarining hibsdagi dahshatli sharoitlarini tasvirlab, ozod etishni so‘ragan videolarni nashr qilishni o‘z ichiga oladi.

“Bu ni e’lon qilishdan maqsad garovga olinganlarning yaqinlariga psixologik bosim o‘tkazish va pirovardida Netanyaxu hukumatiga nisbatan jamoatchilik bosimini oshirishdir”, deyiladi xabarda.

Hujjatda HAMASning boshqa maqsadlari ham ko‘rsatilgan: Isroilning harbiy salohiyatini yo‘qotish va mamlakatga xalqaro bosimni kuchaytirish.

Ushbu “Bild” materiali nashr etilgandan so‘ng, Isroil Mudofaa kuchlari Bosh xavfsizlik xizmati “Shin Bet” (shuningdek, “Shabak” nomi bilan ham tanilgan) bilan bog‘lanib, tergovni boshlashni so‘radi.

Sud da’vosida aytilishicha, ma’lumotlarning sizib chiqishi Isroil razvedka manbalarini xavf ostiga qo‘ygan. “Axios”ning ta’kidlashicha, sizib chiqish “Isroildagi jamoatchilik fikriga ta’sir ko‘rsatish va Netanyaxuning HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish va G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi kelishuv bo‘yicha pozitsiyani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan”.

Bundan tashqari, nashrning fikricha, sizib chiqish mojarosi “Netanyaxu, SAXAL va razvedka xizmatlari o‘rtasidagi ishonchsizlik va taranglikni yanada kuchaytiradi”.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Amerikaning CNN telekanali Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu yahudiy davlatining harbiy rahbariyati siyosiy kelishuvga erishmoqchi ekanini tobora oydin bildirayotganiga qaramay, Livan va G‘azo sektoridagi mojarolarni davom ettirish niyatida ekanini xabar qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

razvedka Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing