Isroilda ommaviy oziq-ovqat g‘amlash boshlandi
Olam
−
09 Oktabr 2023
7323Tel-Aviv aholisi G‘azo sektori bilan bog‘liq vaziyat keskinlashib borayotgan bir paytda do‘konlardan ommaviy ravishda oziq-ovqat sotib olishni boshladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, do‘kon peshtaxtalarida non, sut, tuxum va don kabi mahsulotlar kamayib bormoqda.
Ba’zi savdo joylarida esa mahsulotlar kishi boshiga taqsimlab sotilmoqda – masalan, bir kishi uchun bitta qadoqdan ko‘p bo‘lmagan sut kabi.
Mamlakatda ayni damda taqchillashib borayotgan oziq-ovqat mahsulotlariga non, tuxum, sut, suv, makaron va guruch kabi oziq-ovqat mahsulotlari kiradi. Bundan tashqari, sabzavot va mevalarga ham talab oshib boryapti.
Eslatib o‘tamiz, 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlangandi. Keyinchalik HAMAS harakati Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlaganini e’lon qildi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, G‘azo sektoridan uyushtirilgan hujumdan so‘ng halok bo‘lgan isroilliklar soni 600 dan oshgan, 2000 dan ortiq kishi jarohat olgan.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar