Isroilda nimalar bo‘lmoqda? Tarixda ilk bor Bosh vazir sud qarshisiga olib kelindi

Olam

image

Bugun, 24 may kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu uni mansabni suiiste’mol qilish va korrupsiyada ayblash, hokimiyat vakolatidan mahrum qilish maqsadida o‘ylab topilgan uydirma, deb atadi. 

"Barcha ishlar boshidanoq uyushtirilgan. Bugun sodir bo‘layotgan narsa meni va o‘ng qanot lagerni ag‘darishga urinishdir. Mana, men sudga keldim", dedi bosh vazir o‘zining murojaatida. Ushbu murojaat Isroil televideniyasining asosiy kanallarida efirga uzatildi. Bosh vazir bilan birga yangi hukumatning bir necha a’zolari, jumladan, moliya vaziri Israel Kats, transport vaziri Miri Regev va ichki xavfsizlik vaziri Amir Oxana ishtirok etdi.

Bosh vazir sudda uning ishlarini ko‘rib chiqilishini jonli efirda ko‘rishni talab qildi. Sud ilgari ushbu da’voni rad etgan edi. Bundan tashqari, u bosh vazirga birinchi yig‘ilishda qatnashishni buyurdi, u yerda prokuratura xulosalarini o‘qiydi va u masalaning mohiyatini tushungan-tushunmaganiga javob berishi kerak bo‘ladi. 

Ma’lumot o‘rnida, Isroil tarixida ilk bor bosh vazirga qarshi sud jarayoni boshlandi. 

Birinchi sud majlisi texnik xususiyatga ega bo‘lib, unda keyingi majlislarda tinglash tartibi muhokama qilinadi va ayblanuvchining advokatlari ishning mazmuni bilan ma’lum vaqt tanishish imkoniga ega bo‘ladilar. Sud prokuratura uchun 300 ga yaqin guvohni tinglaydi va advokatlarga ko‘ra, Netanyaxu ishi kamida bir necha oy davom etadi. 

Netanyaxuga qo‘yilgan eng jiddiy ayblovlardan biri – mamlakatdagi eng yirik telekommunikatsiya guruhi “Bezek” manfaatlarini himoya qilish uchun pora olganlikda deb baholanmoqda.

Netanyaxuga qarshi firibgarlik va jamoat ishonchini suiste’mol qilish ayblovlari “2000” va “1000” ishlarida qo‘zg‘atilgan. “1000 ishi"da Netanyaxu Gollivud prodyuseri Arnon Milchindan qimmatbaho sovg‘alar, xususan, eksklyuziv sigaralar va shampanlarni olgani haqidagi shubhalarni o‘z ichiga oladi. Sovg‘alarning umumiy qiymati deyarli 300 ming dollarga baholangan. Tergovga ko‘ra, sovg‘alar evaziga Netanyaxu oligarxning shaxsiy va biznes manfaatlarini himoya qilgan.

“2000 ishi” Bosh vazir mamlakatning eng yirik media-guruhlaridan biri egasi “Yediot Axaronot” bilan raqibining imkoniyatlarini cheklaydigan qonun qabul qilish bilan bog‘liq.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil

Baholaganlar

159

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing