Isroilda ikkita portlash yuz berdi
Olam
−
23 noyabr 2022 6478 1 daqiqa
Bugun, 23 noyabr kuni ertalab Isroilning Quddus shahrida ikkita portlash sodir bo‘ldi. Jami 18 kishi jarohatlangan. Bu haqda "The Jerusalem Post" nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, birinchi portlash Quddusga kiraverishdagi markaziy avtovokzal yaqinida ro‘y bergan. Unda yetti kishi jarohat olgan, ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir.
Ikkinchi portlash bir necha daqiqadan so‘ng Quddus shimolidagi Ramot chorrahasi yaqinida sodir bo‘lgan.
Hodisa sabablari hozircha noma’lum, biroq Isroil politsiyasi portlashga avtobus bekati yonidagi sumka ichiga joylashtirilgan bomba sabab bo‘lganini aytmoqda.
Politsiya ikki portlashni kelishilgan qo‘shma hujum sifatida baholamoqda.
Sohiba Komilovna
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr