Isroilda Bosh vazir Netanyaxuga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi
Olam
−
08 yanvar 2023
7650Isroilda bir necha ming kishi Bosh vazir Binyamin Netanyaxu boshchiligidagi yangi hukumatga qarshi norozilik bildirib namoyish uyushtirdi. Bu haqda “Deutsche Welle” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, namoyishchilar poytaxt Tel-Aviv markazida to‘plangan, so‘ngra Isroil ko‘chalari bo‘ylab yurishgan. Namoyishchilar qo‘llarida hukumatga qarshi “Demokratiya xavf ostida”, “Fashizm va aparteidga qarshi birgalikda” kabi shiorlar bilan harakatlangan.
Namoyishda 10 mingdan ortiq odam qatnashgan.
“Biz minglab namoyishchilar bilan birga norozilik bildirish uchun ko‘chalarga chiqdik va baland ovozda baqirdik. Mamlakatimizni vayron qilib bo‘lmaydi. Biz demokratiyamiz uchun kurashni davom ettiramiz”, deb yozgan Leyboristlar partiyasi yetakchisi Meyrav Mixaeli Twitter'ida.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 1 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda sobiq Bosh vazir Binyamin Netanyaxuning “Likud” partiyasi 120 o‘rinli parlamentda 32 ta o‘rinni egallagan holda, birinchilikni qo‘lga kiritdi. o‘tgan hafta Quddusda Isroilning Netanyaxu boshchiligidagi yangi hukumati qasamyod qildi. Bir yarim yildan so‘ng bosh vazirlik lavozimiga qaytgan Netanyaxu Vazirlar Mahkamasining 33 a’zosini ommaga tanishtirdi.
Bu Isroil tarixidagi eng o‘ng qanot hukumati bo‘lib, birinchi marta uning tarkibiga o‘ng qanot ekstremistlar va jinoiy javobgarlikka ega odamlar kirdi.
LiveBarchasi