Isroil zarbasi oqibatida “Hizbulloh” qo‘mondoni halok bo‘ldi
Olam
−
12 iyun
5501Isroilning Livan janubidagi Jouya qishlog‘iga uyushtirgan hujumi oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Ular orasida "Hizbulloh" guruhining yuqori darajali dala qo‘mondoni ham bor. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
"Hizbulloh" o‘ldirilgan qo‘mondonni lavozimiga ko‘ra aniqlab, uning ismi Tolib Abdulloh ekanligini ma’lum qilgan. Tolib Abdulloh eng ko‘p zarar ko‘rgan ayrim shaharlarni o‘z ichiga olgan janubiy chegara chizig‘ining markaziy hududi uchun guruh qo‘mondoni bo‘lgan.
Isroil harbiylari tomonidan hozircha hech qanday izoh berilmadi. Manbalarning aytishicha, halok bo‘lgan qo‘mondonning roli yanvar oyida Isroil hujumida halok bo‘lgan guruhning yana bir yuqori martabali qo‘mondoni Vissam Tavilning roli kabi muhim edi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning oktyabr oyida G‘azo sektorida boshlangandan beri Isroilning Livanga bergan zarbalarida 300 ga yaqin "Hizbulloh" jangchisi, jumladan qo‘mondonlar va bir qancha asosiy shaxslar halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Hizbulloh" harakatining Livan janubidan tankka qarshi raketalar orqali Isroilga bergan zarbasi oqibatida 4 nafar askar jarohat olgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi