Isroil zarbalari ortidan minglab odam uyini tark etmoqda

Olam

image

Isroil armiyasi Bayrutning janubiy tumanlari va Livan janubidagi hujumlari ortidan yuz minglab odamlar uyini tark etishga majbur bo‘lgan. “Hizbulloh” pozitsiyalariga qarshi operatsiya sabab aholi evakuatsiya qilishga chaqirilgan. Bu haqda “BBC” yozdi.

Ayrim oilalar boshpana topolmagani uchun tunni ko‘chada yoki mashinalarida o‘tkazmoqda. Ayni paytda Bayrutning Dahiya tumanida keng ko‘lamli havo zarbalari amalga oshirilgan. Isroil armiyasi bu hujumlar “Hizbulloh”ning boshqaruv markazi va dronlar saqlanadigan ob’ektlarga qaratilganini bildirgan.

Shahar markazidagi bog‘larda va maydonlarda yig‘ilgan aholi turar-joy masalasi noma’lumligidan xavotirda. Ko‘plab fuqarolar bu vaziyat avvalgi urushlarni eslatayotganini ham tilga olgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab 96 mingga yaqin kishi vaqtincha boshpanalarga joylashtirilgan. Biroq ba’zi markaziy hududlarda joy yetishmaydi. Ko‘ngillilar oziq-ovqat va yordam zaxiralari ham tez tugab qolishidan ogohlantirmoqda.

Livan Bosh vaziri Navaf Salam ommaviy ko‘chish oqibatida mamlakat gumanitar inqirozga yuz tutishi mumkinligini urg‘ulagan. Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ham vaziyatni “juda xavfli bosqich” deb baholab, taraflarni mojaroni yanada kuchaytirmaslikka chaqirgan. Bayrut ko‘chalarida esa evakuatsiya qilingan oilalar hujumlar yana davom etishi mumkinligidan umidsizlikka tushmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil armiyasi Livanning sharqiy qismiga bergan zarbalari va “Hizbulloh” bilan to‘qnashuvlar oqibatida kamida 41 kishi halok bo‘lgani haqida aytilgan edi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Livan Hizbulloh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing