Isroil yana falastinliklarni o‘ldirishni boshladi. Bugun halok bo‘lganlar 32 nafarga yetdi

Olam

image

1 dekabr kuni Isroil HAMAS bilan sulh buzilganini e’lon qilib, harbiy harakatlarini qaytadan boshladi. "Al-Jazeera" telekanali  G‘azoda Isroilning yangi zarbalaridan o‘nlab odamlar halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi bugungi zarbalarda 32 kishi halok bo‘lgani, ko‘plab tinch aholi vakillari jarohat olganini tasdiqlagan. Ijtimoiy tarmoqlarda Isroil armiyasi tomonidan G‘azoning Xon Yunus va Dabaliya shaharlariga bergan aviazarbalari aks etgan videolar paydo bo‘lgan.

Isroil G‘azoning janubiy qismidagi odamlarni evakuatsiya qilishga chaqiruvchi varaqalarni tashlab, hujum kengayayotganini bildirgan.

Xalqaro vositachilar, shu jumladan, Qatar, Misr va AQSH tomonlar o‘rtasida sulhni qayta tiklashga chaqirgan. HAMAS boshlangan urush uchun Isroilni ayblagan. O‘z navbatida Isroil HAMAS sulhni buzganini iddao qilmoqda.

Ma’lumot uchun, ayni paytgacha Isroilning G‘azoga hujumi oqibatida 15 mingdan ortiq falastinlik qurbon bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil sulh qatliom

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing