Isroil va HAMAS o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi

Olam

image

Qohirada Isroil va HAMAS o‘rtasida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu haqda bugun, 26 avgust kuni Misr razvedka xizmatlaridagi manbalarga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Agentlik suhbatdoshlariga ko‘ra, kecha, 25 avgust kuni Misr poytaxtida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Isroil va HAMAS vositachilar taklif qilgan barcha murosali yechimlarni rad etgan.

Shu bilan birga, yuqori martabali amerikalik rasmiy muzokaralar konstruktiv bo‘lgani, tomonlar "yakuniy va real kelishuvga" erishish istagini namoyish etganini aytdi. U, shuningdek, qolgan masalalarni hal qilish bo‘yicha ish yaqin kunlarda davom etishini, ishchi guruhlar Qohirada qolishini aytdi.

Isroil va HAMAS o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns, Qatar Bosh vaziri Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy va Misrning yuqori martabali rasmiylari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchragani haqidagi xabarlar ortidan AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostin mintaqada ikkita aviatashuvchi zarba beruvchi guruhning mavjudligini uzaytirishni buyurdi. U bu qarorini Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida ma’lum qildi.

“Vazir Isroilning o‘zini-o‘zi mudofaa qilish huquqini yana bir bor tasdiqladi va AQSHning Eron va uning mintaqaviy ittifoqchilariga qarshi mudofaasini qo‘llab-quvvatlashini davom ettirdi. Ushbu qo‘llab-quvvatlash doirasida u mintaqada ikkita tashuvchi zarba guruhini saqlashni buyurdi”, deyiladi Pentagon bayonotida.


Maqola muallifi

Teglar

Misr Qohira Isroil G'azo HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made