Isroil urush yangi bosqichga o‘tishini e’lon qildi
Olam
−
24 Oktyabr 2023 18506 1 daqiqa
Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant harbiy-dengiz kuchlari xodimlariga qilgan murojaatida mamlakat urushning yangi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgani, bu murakkab hujumni o‘z ichiga olishini aytib o‘tgan.
"Biz hujumni davom ettiramiz. Bu havodan, quruqlikdan va dengizdan halokatli kombinatsiyalangan hujum bo‘ladi", degan u.
Eslatib o‘tamiz, Isroilning hujumlari qurbonlari soni 5087 nafarga yetdi.
Avvalroq, Google Isroil harbiylari talabiga ko‘ra, Isroil va G‘azo sektoridagi Google Maps va Waze ilovalaridagi trafik ma’lumotlarini o‘chirib qo‘ygani haqida xabar berilgan edi.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr