Isroil Turkiyaga hujum qilishi mumkin – Yashar Guler

Olam

image

Turkiya Mudofaa vaziri Yashar Guler Isroil Turkiyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid solishi mumkinligi haqida qattiq ogohlantirdi. Bu haqda u TV100 telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.

“Prezidentimiz bu xavfni ko‘rgani uchun jamiyatni ogohlantirmoqda. Janob Prezident Isroildan ehtimoliy tahdidni ko‘rmasa, shunday xavotir bildirarmidi?” dedi Guler Isroil Turkiya uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdid bo‘lishi mumkinligi haqidagi savolga.

Shuningdek, Guler avvalgi Jahon urushlari qanday qilib kichik tuyulgan voqealardan boshlanganini ta’kidlab, to‘qnashuvlar kutilmaganda kelib chiqishi mumkinligidan ogohlantirdi. 

“Albatta, urushni xohlamaymiz, lekin biz unga doimo tayyor bo‘lishimiz kerak”, dedi u.

Shuningdek, Mudofaa vaziri Turkiyaning ustuvor vazifasi tinchlikni saqlash ekanini, ammo mamlakat xavfsizlik kuchlari har qanday ehtimoliy tahdid uchun batafsil rejalar tuzayotganini bildirdi.

“Biz Turkiya Respublikasi va turk millatining xavfsizligi uchun javobgarmiz. Biz barcha imkoniyatlardan foydalanamiz va har bir ssenariyni baholaymiz”, dedi vazir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Isroilga nisbatan qurol embargosini joriy qilish, u bilan savdoni to‘xtatish va xalqaro miqyosda ajratib qo‘yish zarurligini ta’kidlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Yashar Guler

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar