Isroil tun bo‘yi G‘azo sektoriga zarbalar berdi

Olam

image

Isroil armiyasi blokadadagi G‘azo sektorining turli hududlariga havo, quruqlik va dengizdan hujum uyushtirmoqda. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Isroil armiyasining 141 kundan beri davom etayotgan hujumlari keng ko‘lamli gumanitar va oziq-ovqat taqchilligiga sabab bo‘lmoqda.

Falastinning “WAFA” axborot agentligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil qo‘shinlari tun bo‘yi turli hududlar, asosan G‘azo shahri markaziga, havo, quruqlik va dengizdan yirik zarbalar bergan.

G‘azo sektorining markaziy qismidagi Dayr Al-Balah, Nusayrat, Az-Zaytun, Burayj va Al-Megazi hududlarida o‘nlab falastinliklar havo va quruqlik hujumlari qurboni bo‘lgani haqida xabar berildi.

Shuningdek, otishma davom etayotgani sababli tez yordam mashinalari halok bo‘lgan va yaradorlarga yetib borishda katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda. G‘azoning Sabra, Tel el-Heva va Al-Deredj kabi mahallalari ham shiddatli artilleriyadan o‘qqa tutilgan, o‘nlab odamlar yaralangan.

G‘azo sektori janubidagi Xon Yunus shahrining sharqiy va g‘arbiy hududlari ham Isroilning kuchli artilleriya o‘qlari ostida qolgan. Isroil artilleriya bo‘linmalari, shuningdek, Rafah g‘arbidagi al-Mavasiga ko‘chirilgan odamlarning boshpana va chodirlarini nishonga olgan, deyiladi xabarda.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made