Isroil Tehrondagi universitet binosini bombardimon qildi
Olam
−
09:59 1307 1 daqiqa
Tehrondagi “Ilm va sanoat” texnologiya universiteti binosining bir qismi AQSH va Isroil tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida to‘liq vayron bo‘ldi. Bu haqda IRNA agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bunga javoban Eron Islom Respublikasi Yaqin Sharqdagi Isroil va AQSH universitetlariga hujum qilish bilan tahdid qilmoqda.
Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) mintaqadagi barcha universitetlar “Eron universitetlariga qilingan hujumlarga javoban ularning ikkita universitetiga zarba berilmaguncha” qonuniy nishon deb hisoblanishini ma’lum qildi.
“Biz mintaqadagi Amerika universitetlarining barcha xodimlari, o‘qituvchilari va talabalariga, shuningdek, yaqin atrofda yashovchilarga xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ushbu universitetlardan bir kilometr masofa saqlashni maslahat beramiz”, deyiladi bayonotda.
Shuningdek, IIQK mintaqadagi Amerika ta’lim muassasalariga qarshi javob choralaridan qochish uchun AQSHdan Eron universitetlariga berilgan zarbalarni qoralashni talab qildi va buning uchun 30 mart kuni tush paytigacha muhlat belgiladi.
Live
Barchasi28 mart
28 mart