Isroillik ravvinning jasadi BAAdan topildi
Olam
−
24 noyabr
7728Bugun, 24 noyabr kuni Isroil va Moldova davlatlari fuqarosi, Chabad-Lubavich harakati a’zosi, butun dunyo bo‘ylab yahudiylarning targ‘ibotini olib boruvchi ravvin Svi Koganning jasadi Birlashgan Arab Amirliklari hududidan topildi. Bu haqda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ma’lum qildi.
Bir necha OAVlar Koganni 21 noyabrda BAA hududida yo‘qolgani haqida xabar bergan. Oradan ikki kun o‘tib esa uning jasadi BAA hududidan topilgan.
“Isroil uning o‘limida aybdor bo‘lgan jinoyatchilarni javobgarlikka tortish uchun barcha yo‘llar bilan harakat qiladi”, deyiladi vazir bayonotida.
Chabad-Lubavich harakati Koganni oxirgi marta Dubayda ko‘rganligini xabar qildi.
“Hafta boshida ijtimoiy tarmoqlarda uning amirlik shahridagi oziq-ovqat do‘konida suratga olingan videosi paydo bo‘ldi”, degan harakat vakillari.
Chabad-Lubavich harakati, shuningdek, Koganni Nyu-Yorkning Bruklindagi Kraun-Xayts mahallasida joylashgan anonim filialining elchisi deb atadi.
24 noyabr tongida WAM davlat axborot agentligi Koganning g‘oyib bo‘lganini tasdiqladi, biroq u Isroil fuqarosi deb emas, faqatgina Moldova fuqarosi sifatida tilga olingan. Amirlik Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, Kogan yo‘qolgan va aloqada emas, lekin hukumat uning o‘lik holda topilgani haqidagi xabarni rasman tasdiqlamagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalqaro jinoiy sud Binyamin Netanyaxu va Yoav Galantga nisbatan G‘azo sektoridagi ehtimoliy harbiy jinoyatlar uchun hibsga olish orderlari chiqargan edi. Sud orderlarni berishda Isroilning yurisdiksiyaga qarshi dalillarini rad etgan. Shundan so‘ng bir qator mamlakatlar, xususan, Buyuk Britaniya, Kanada va Niderlandiya agar Binyamin Netanyaxu mamlakat hududiga kelsa, uni Xalqaro jinoiy sud orderi bo‘yicha hibsga olishini bildirgan. AQSH esa XJS qarorini qoralagan. Kreml voizi Dmitriy Peskov esa XJS harakati biror narsaga yordam berishi dargumon ekanini aytdi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi