Isroil tanklari Damashq chekkasiga yetib bordi – OAV

Olam

image

Isroil qo‘shinlari hozirgi vaqtda 1973 yilda Isroil tomonidan bosib olingan Golan tepaliklarining sobiq bufer zonasini to‘liq egallab, Suriya ichkarisiga kirgan va Damashq yaqinidagi aholi punktlariga yetib borgan. Bu haqda “Al Mayadeen” telekanali xabar berdi.

Telekanalga ko‘ra, Isroil tanklari El-Qunaytra shahridan (Damashqdan taxminan 55 km uzoqlikda) o‘tib, Suriya poytaxti tomon harakatni davom ettirmoqda.

Telekanal manbalariga ko‘ra, Isroil armiyasi hozirda Damashqdan 20 km uzoqlikdagi Qatna shahri hududida joylashgan. Yo‘l davomida ular bir nechta shahar va qishloqlarni, jumladan, Arna, Baqasm, Er-Rayma, Xina, Qalo, Jandal, El-Husayniya, Jita va El-Xashabni egallab olgan.

Isroil qo‘shinlari Damashq janubidagi bir nechta qishloq va shaharlarda hukmronlik o‘rnatgani haqida RT Arabic manbalari ham xabar bermoqda. Telekanal muxbiriga ko‘ra, hujum davomida Isroil dronlari Suriya poytaxtiga uzluksiz zarbalar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil qiruvchi samolyotlari Suriyada hokimiyat almashganidan so‘ng 250 dan ortiq harbiy nishonga zarba bergani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Isroil Damashq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing