Isroil Suriyada Rossiya foydalanadigan aviabazaga zarba berdi
Olam
−
14 noyabr 2022
13355So‘nggi paytlarda Rossiya Federatsiyasi Suriyadagi Shayrat aviabazasining uchish-qo‘nish yo‘lagi va yer osti inshootlarini muntazam ravishda kengaytirmoqda. Isroil esa Suriyada Eron va Rossiya harbiylari tomonidan foydalanilgan yirik havo bazasiga raketa hujumi uyushtirdi. Bu haqda “Reuters” agentligi yozmoqda.
Suriyaning SANA axborot agentligining xabar berishicha, Shayrat aerodromiga raketa hujumi oqibatida ikki nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgan, uch nafari yaralangan.
Harbiy manbalarga ko‘ra, zarbalar Homs shahri janubi-sharqida joylashgan va yaqinda Eron harbiylari tomonidan foydalanilgan havo bazasiga berilgan.
Shuningdek, huquq-tartibot idoralaridagi manbalarning xabar berishicha, Suriyada harbiy mavjudligini saqlab turgan Rossiya Shayrat aviabazasi yaqinida qo‘shinlarini joylashtirgan va bu ob’ektdan foydalanmoqda.
Suriya Inson huquqlari markazi Isroil qiruvchi samolyotlaridan nishonga to‘rtta raketa uchirilganini yozgan
Isroil Mudofaa kuchlari an’anaga ko‘ra bunday operatsiyalar haqidagi xabarlarga izoh berishdan bosh tortgan.
LiveBarchasi