Isroil Suriya hududida 7 ta harbiy baza qurmoqda

Olam

image

Isroil harbiylari  bosib olgan Suriyada yettita harbiy baza qurmoqda. Amerikaning Planet Labs PBC kompaniyasi taqdim etgan va “Haaretz” gazetasi tomonidan chop etilgan sun’iy yo‘ldosh suratlari Isroil armiyasi Suriyada o‘zi bosib olgan hududlarda harbiy bazalar qurishda davom etayotganini ko‘rsatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil armiyasi Suriyaning bosib olingan hududlarida, xususan, Shayx (Hermon) tog‘ida kamida 7 ta harbiy baza o‘rnatgan.

Xabarda Isroil qo‘shini Suriyada ishg‘ol qilingan hududlarda uzoq vaqt qolish uchun 2024 yilning dekabr oyida qurilish ishlarini boshlagani va bu ishg‘ol qachon tugashi noma’lumligi qayd etildi.

Isroilning Suriyaga harbiy hujumlari 61 yillik Baas rejimining qulashi bilan kuchaydi. Rejim qo‘shini qoldirgan harbiy infratuzilma va ob’ektlarni yo‘q qila boshlagan Isroil qo‘shini, ishg‘olini Suriya hududi bo‘lgan Jo‘lon tepaliklarigacha kengaytirdi.

Jo‘lon tepaliklari atrofidagi bufer zonaga kirgan Isroil armiyasi ishg‘olini davom ettirdi va poytaxt Damashqqa 25 kilometr yaqinlashdi.

Isroil 1967 yildan beri Suriyaning Jo‘lon tepaliklarini bosib olgan. 1974 yilda Isroil va Suriya o‘rtasida imzolangan qo‘shinlarni olib chiqish to‘g‘risidagi bitim bufer zona va qurolsizlantirilgan hudud chegaralarini belgilab berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya Isroil harbiy baza

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing