Isroil sportchilarining diskvalifikatsiyasidan qo‘rqmayapti
Sport
−
02 mart 1158 1 daqiqa
Isroil futbol assotsiatsiyasi Eron bilan yuzaga kelgan harbiy mojaro fonida milliy jamoalarning xalqaro musobaqalardan chetlashtirilishi mumkinligi borasida xavotir yo‘qligini ma’lum qildi. Bu haqda “Sport24” nashri xabar berdi.
“Tashvishlanishga hojat yo‘q, hammasi yaxshi bo‘ladi”, deydi tashkilot matbuot xizmati.
Joriy yilning 28 fevral kuni Isroil kutilmagan vaqtda Eronga qarata havodan zarbalar yo‘lladi. Ushbu zarbalar Eronning muhim ob’ektlari – Prezident qarorgohi, davlat idoralari va yadro inshootlariga tekkani iddao qilinmoqda. Eronning “Mehr” axborot agentligi Tehrondagi Eron razvedka binosiga ham hujum qilinganini yozgan. Isroil tomonidan start berilgan operatsiya “Yehuda qalqoni” deb nomlangan. Dastlabki manbalarga ko‘ra, Eronga o‘ttizdan ortiq raketalar yo‘llangan bo‘lishi mumkin.
Oradan biroz vaqt o‘tib Isroil Mudofaa kuchlari Eronga hujumni rasman tasdiqlagan. Shuningdek, Mudofaa vazirligi Isroil fuqarolaridan xavfsiz joyga yashirinishni so‘ragan. Mamlakatda shoshilinch ravishda favqulodda holat e’lon qilingan.
2026 yilgi FIFA Jahon chempionati musobaqaning 23-turniri bo‘ladi. Final bosqichi 2026 yil iyun-iyul oylarida AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkaziladi. Hal qiluvchi uchrashuv 19 iyulga rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu voqealardan so‘ng Eron Futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj Eron terma jamoasi 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etmasligini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi