Isroil Ramazon oyida G‘azoni bombalashni to‘xtatadi – Bayden

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Isroil va HAMAS o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar bilan bog‘liq bayonotida, Isroil Ramazon oyida G‘azoni bombardimon qilishni biroz to‘xtatib turishini aytib o‘tdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Bayden kecha, 26 fevral kuni Amerikaning NBC telekanali boshlovchisi Set Mayersga bergan intervyusida, “Ramazon yaqinlashmoqda va isroillik tutqunlarni qutqarish uchun ushbu oyda SAXAL bilan hech qanday operatsiya uyushtirmaslikka kelishib olindi”, degan.

Parijdagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarda tayyorlangan taklif loyihasiga ko‘ra, Ramazon oyida barcha harbiy harakatlar 40 kun davomida to‘xtatiladi. Unga ko‘ra, har bir isroillik tutqunga 10 falastinlik asir almashtiriladi. Shuningdek, G‘azoda ko‘chirilgan tinch aholining shimolga qaytishiga ruxsat beriladi, ammo harbiy yoshdagi erkaklar bundan mustasno. Isroillik garovga olingan barcha ayollar, 19 yoshgacha bo‘lgan bolalar, keksalar va bemorlar falastinlik mahbuslar evaziga ozod qilinadi. Har kuni 500 ta yordam yuk mashinasi kirishiga ruxsat beriladi. Loyihada G‘azo sektoridagi novvoyxonalar va shifoxonalar faoliyatini tiklash ham ko‘zda tutilgan.

Bayden o‘t ochish kelasi dushanba kunidan to‘xtatilishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.

Ulkanbayeva Rayhona


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ramazon oyi Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing