Isroil Rafahni o‘qqa tutdi
Olam
−
18 aprel
8869Isroil armiyasining G‘azo sektori blokadasi janubidagi Rafah shahriga hujumi oqibatida sakkiz falastinlik, jumladan, ikki ayol va besh bola qurbon bo‘ldi. Bu haqda manbalariga tayanib “Anadolu” agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hujumchilar shahar janubidagi As-Salom tumanida joylashgan vaqtinchalik turar-joylarni nishonga olgan. Halok bo‘lganlarning barchasi G‘azo shahridan Rafahga ko‘chirilgan falastinlik Iyad oilasi a’zolaridir. Isroil armiyasi qabriston yaqinidagi Al-Behabis oilasining uyini ham o‘qqa tutgan. Ko‘plab jarohat olganlar haqida xabar berilgan.
Taxminan 2,3 million aholiga ega G‘azo sektorida Isroilning davom etayotgan hujumlari tufayli 2023 yil 7 oktyabrdan buyon 1,9 million kishi o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Boshpanasiz falastinliklarning aksariyati Rafah shahridan panoh topgan. Falastin anklavining janubiy aholi punkti bo‘lgan Rafah aholisi 2023 yil 7 oktyabrdan buyon 5 baravardan ko‘proq – 280 ming kishidan 1,5 million kishiga ko‘paydi. Yuz minglab falastinliklar brezent va mato bo‘laklaridan tikilgan vaqtinchalik chodirlarda boshpana olishga majbur bo‘lgan. Shaharda oziq-ovqat, yonilg‘i va dori-darmonlar keskin tanqisligi kuzatilgan. Vaziyat infratuzilmaning yo‘qligi va antisanitariya bilan bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq CNN isroillik ikki manbaga tayanib, Eron hujumi Isroilni Rafah shahrida rejalashtirilgan quruqlikdagi operatsiyani keyinga qoldirishga majbur qilgani haqida xabar bergandi.
Madina Otaboyeva
LiveBarchasi