Isroil rahbariyati Eronga javob zarbasini berish masalasida kelisha olmayapti – WSJ 

Olam

image

Isroil harbiy Vazirlar Mahkamasi mamlakat harbiy rahbarlari o‘rtasidagi kelishmovchilik va mojarolar joyiga aylandi. Bu haqda manbasiga tayangan holda Amerikaning “The Wall Street Journal” gazetasi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, munosabatlarning murakkablashuvi mamlakat Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, Mudofaa vaziri Yoav Galant va harbiy Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiruvchi Mudofaa vazirligining sobiq rahbari Beni Gans o‘rtasida "Isroil davlati duch kelgan eng katta qiyinchilik” – Eronning 14 apreldagi hujumiga javob zarbasini belgilash fonida yuzaga kelmoqda. Munosabatlarni yomonlashtirgan asosiy omil bu “HAMAS bilan qanday qilib eng yaxshi munosabatda bo‘lish mumkinligi haqidagi bahs” bo‘lmoqda.

"The Wall Street Journal" gazetasining yozishicha, uch rahbar o‘rtasidagi hokimiyat uchun kurash jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, chunki G‘azodagi mojaroning Eron bilan kengroq mintaqaviy qarama-qarshilikka aylanishi butun Yaqin Sharqqa katta ta’sir ko‘rsatishi, geosiyosiy tartibni o‘zgartirishi va kelgusi o‘n yilliklar uchun Isroil-AQSH munosabatlarini belgilashi mumkin. 

“Shu bilan birga, yetakchilar o‘rtasidagi asosiy mojaro Netanyaxuning G‘azodagi mojaro bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilish istagi hamda Galant va Gansning uni qaror qabul qilishdan chetlatishga intilishida bo‘lmoqda”, deyiladi xabarda.

Eron va Isroil ziddiyatining keskinlashuvi

1 aprel kuni Isroil Damashqdagi Eron konsulligi binosiga havo hujumi uyushtirdi. Hujum oqibatida Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusining 7 nafar a’zosi halok bo‘ldi, ulardan ikki nafari general darajasida edi.

Eron Isroilning konsullikka hujumi o‘z hududiga qilingan hujum ekanini va u o‘ch olishini aytdi.

Isroil ham Eron hujumlariga javob berishini e’lon qildi.

14 aprelga o‘tar kechasi Eron Isroilga yuzlab kamikadze dronlari, ballistik va qanotli raketalar bilan hujum uyushtirdi va ba’zi harbiy nishonlarga zarba berilganini aytdi.

Isroil hujumlarning aksariyati havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan to‘xtatilganini bildirdi, biroq bitta raketa mamlakat janubidagi harbiy bazaga tegdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq CNN telekanali isroillik rasmiyga tayanib, Isroil Eron hujumiga javob berish niyatida ekani, hozirda javob ko‘lami aniqlanayotganini xabar qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Bin'yamin Netan'yaxu Yoav Galant Benni Gants

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing