Isroil politsiyasi Al-Aqso masjidi imomini hibsga oldi

Olam

image

Kecha, 16 fevral kuni Isroil politsiyasi Sharqiy Quddusda joylashgan Al-Aqso masjidi imomi Muhammad Ali Abbosiyni hibsga oldi. Bu haqda Falastinning WAFA axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, politsiya Al-Aqso masjidi hovlisida reyd o‘tkazib, imomni qo‘lga olgan. Hibsga olish sabablari rasman ma’lum qilinmagan.

Xabarda aytilishicha, bu holat Isroil hukumatining Al-Aqso masjidi, uning imomlari va namozxonlarga nisbatan cheklovlarni kuchaytirishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Isroil Sharqiy Quddusda, ayniqsa Eski shahar va Al-Aqso masjidi atrofida xavfsizlik choralarini kuchaytirgani qayd etilmoqda. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, falastinlik ulamolar va faollarning hibsga olinishi sababli, hududda vaziyat yanada keskinlashmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil 154 nafar ozod etilgan falastinlik mahbusni deportatsiya qilmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Quddus Falastin Isroil Al'-Aqso

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing