Isroil Madrimovning navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Super yarimo‘rta vazn toifasida sobiq WBA chempioni Isroil Madrimov navbatdagi jangini ukrainalik Sergey Bogachukka qarshi o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston Professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Madrimov 21 dekabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida tashkil etiladigan Usik-Fyuri II oqshomida ringga ko‘tarilishi mumkin. 

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Sergey Bogachuk profboksda 26 ta jang o‘tkazib, 24 ta g‘alabaga erishgan va 2 marta mag‘lubiyatga uchragan. U o‘zining oxirgi jangini Verjil Ortisga qarshi o‘tkazib, imkoniyatni boy bergan edi. Profboksda 11 marta ringga ko‘tarilgan Madrimov esa oxirgi marta 4 avgust kuni P4P yetakchilaridan biri amerikalik Terens Krouford bilan jang qilib, mag‘lubiyatga uchragandi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Isroil Madrimov Sergey Bogachuk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing