Isroil Livan janubi-sharqiga havo hujumi uyushtirdi (video)

Olam

image

Bugun, 26 sentyabr kuni Isroil samolyotlari Livanning janubi-sharqidagi Bekaa vodiysiga havodan bir qator zarbalar berdi. Bu haqda Livanning NNA milliy agentligi xabar berdi.

“Dushman samolyotlari Shaara hududidagi sharqiy tog‘ tizmasiga zarbalar berdi”, deyiladi xabarda.

Isroil armiyasi (SAXAL) ham mazkur hujumni tasdiqladi. Qayd etilishicha, ular “Hizbulloh”ning yuqori aniqlikdagi raketalar ishlab chiqaruvchi ob’ektiga zarba bergan.

“Isroil havo kuchlari samolyotlari va AMAN razvedkasi yo‘naltirishi bilan Livanning Bekaa hududida joylashgan “Hizbulloh”ga tegishli aniqligi yuqori raketalar ishlab chiqarish ob’ektiga hujum uyushtirildi. Hujum qilingan ob’ektning mavjudligi Isroil va Livan o‘rtasidagi kelishuvlarni buzish hisoblanadi. SAXAL Isroil davlati uchun mavjud bo‘lgan har qanday tahdidni bartaraf etish yo‘lida faoliyatini davom ettiradi”, deyiladi Isroil tomoni xabarida.

Qayd etish joiz, Livan hukumati doimiy ravishda Isroilni 2024 yil noyabrida erishilgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramay, respublika suverenitetini muntazam ravishda buzishda davom etayayotganlikda aylab keladi. Hozirda Isroil armiyasi Livanning janubida, jumladan, Gadjar qishlog‘ining shimoliy qismi ham bo‘lgan besh strategik nuqtada o‘z ishtirokini saqlab qolmoqda. Livan hukumati buni davom etayotgan bosqin va BMT Xavfsizlik Kengashining 1701-sonli rezolyutsiyasi buzilishi sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Isroil armiyasi esa, o‘z navbatida, “Hizbulloh”ning harbiy infratuzilmasiga va uning jangovar qanoti rahbariyatini yo‘q qilish uchun zarbalar berayotganini iddao qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Isroil Livan janubida joylashgan “Hizbulloh”ga tegishli infratuzilma ob’ektlariga aviazarbalar bergani haqida xabar qilingan edi. Nishonga olingan ob’ektlar orasida “Hizbulloh”ning qurol omborlari, raketa qurilmalari hamda ushbu hududda infratuzilmani tiklash imkonini beradigan muhandislik asbob-uskunalari saqlangan infratuzilma ob’ektlari bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Livan havo hujumi Hizbulloh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing