Isroil Livanga havodan zarba berdi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
26 dekabr 2025 1625 2 daqiqa
Isroil Mudofaa kuchlari (SAXAL) Livan hududida “Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi”ning quruqlikdagi qo‘shinlari tarkibidagi maxsus bo‘linmaning muhim a’zolaridan birini yo‘q qilganini bildirdi. Bu haqda kecha, 25 dekabr kuni SAXAL xabar berdi.
Rasmiy bayonotga ko‘ra, SAXAL va Isroil davlat razvedkasi Livanning Ansariya hududida “Quds” kuchlarining operativ bo‘linmasi (840-bo‘linma) tarkibiga mansub muhim hisoblangan Husayn Mahmud Marshad al-Javhariyni yo‘q qilgan.
Isroil armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu shaxs so‘nggi yillarda Isroilga qarshi terrorchilik hujumlarini rejalashtirish va amalga oshirishda ishtirok etgan.
Shuningdek, SAXAL 9 dekabr kuni Livanning janubida “Hizbulloh” harakatining texnik ta’minot bo‘yicha ofitseri Ibrohim Muhammad Raslanni yo‘q qilganini ma’lum qilgan edi. O‘sha zarbalar chog‘ida guruhning harbiy tayanch nuqtalari va boshqa ob’ektlari ham nishonga olingan. Isroil tomonining bildirishicha, ushbu poligonda “Hizbulloh” askarlari o‘qotar va boshqa turdagi qurollardan foydalanish bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rgan.
Noyabr oyi boshida SAXAL Livan janubida “Hizbulloh” infratuzilmasiga qarshi hujumlar seriyasini boshlagan. Isroil tomoni zarbaga uchragan ob’ektlar harakat infratuzilmasini qayta tiklash uchun foydalanilganini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil harbiylari G‘azo shahrida avtomashinaga berilgan zarba bilan HAMASning yuqori lavozimli qo‘mondoni Rayed Said o‘ldirilganini bildirgandi. Isroil tomoniga ko‘ra, u 2023 yil 7 oktyabrda Isroilga qarshi uyushtirilgan hujumlarning asosiy rejalashtiruvchilaridan biri bo‘lgan.
Live
Barchasi