Isroil Livanga havo hujumlarini boshladi (video)

Olam

image

Isroil aviatsiyasi Livandagi “Hizbulloh” pozitsiyalariga bir qator havo hujumlarini amalga oshirdi. Bu haqda “The Times of Israel” xabar berdi.

Isroil harbiylari Livan janubidagi Jibbin aholi punkti yaqinidagi bir nechta harbiy infratuzilma ob’ektlarida “Hizbulloh” qurolli otryadlari ishtirokchilarining mavjudligini da’vo qilib, shu nishonlarni yo‘q qilish maqsadida ob’ektlarga havo hujumlari uyushtirilganini bildirgan.

Bundan tashqari, Isroil havo kuchlari Livan janubidagi Kafr-Killa, Xalta, Shama va El-Edeyse aholi punktlari atrofidagi “Hizbulloh” ob’ektlariga hujum qilgan. U yerdagi nishonlar orasida raketa va harbiy infratuzilma ob’ektlari ham bo‘lgani iddao qilinmoqda. 

“Isroil mudofaa kuchlari shimolda aholiga o‘z uylariga qaytish va boshqa barcha harbiy maqsadlarga erishish imkonini beradigan xavfsizlikni yaratish ustida ishlamoqda”, deyiladi xabarda.

Isroil Livan bilan chegarada “Hizbulloh” raketalari va uchuvchisiz uchoqlarining hujumlaridan so‘ng ikki askarining halok bo‘lgani haqida xabar berdi.

“Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh esa Isroil Livan xalqi va mamlakat suverenitetiga qarshi urush e’lon qilganini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Livan “Hizbulloh”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing