Isroil Livan janubiga zarba berdi

Olam

image

Isroil Harbiy-havo kuchlari qiruvchilari Livan janubidagi tog‘li hududlarga raketa zarbasi berdi. Bu haqda Livanning NNA axborot agentligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Isroil samolyotlari Rihan tog‘laridagi ikki hududga hujum qilgan. Mo‘ljallangan nishonlarga “havo-yer” rusumli raketalar bilan zarba berilgan.

Ayni paytda Isroil armiyasi Rihan hududidagi hujum oqibatida “Hizbulloh” nishonlariga zarba berilganini ma’lum qildi.

Livandagi “Hizbulloh” harakati hozircha qurbonlar va yetkazilgan zararlar haqida hozircha hech qanday bayonot bermadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 12 aprel kuni “Hizbulloh” harakati Isroil harbiy bazasiga Livan janubidan o‘nlab “Katyusha” raketalari bilan hujum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Livan Hizbulloh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing