Isroil Livan janubiga havo hujumlarini boshladi
Olam
−
24 fevral 2025 4404 1 daqiqa
O‘t ochishni to‘xtatish rejimiga qaramay, Isroil armiyasi Livan janubidagi bir qancha hududlarga havo hujumlarini amalga oshirdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Guvohlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil harbiy samolyotlari Livan janubidagi Zerariya, Zibqin, Kalila, Janneta, Dayr Qanun an-Nahr va Marub shaharlari chekkalariga zarba bergan.
Isroil tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida qurbonlar yoki jarohatlanganlar bor-yo‘qligi haqida ma’lumot berilmagan.
Isroil armiyasi bayonotida aytilishicha, havo hujumi “Hizbulloh harbiy hududi” deb atalgan hududga berilgan.
Isroil davlat televideniyesining xabar berishicha, Isroil droni Livan poytaxti Bayrut ustidan uchib o‘tgan. Livan manbalari, o‘z navbatida, uchuvchisiz samolyot Livan armiyasiga tegishli ekanligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tmiz, kecha, 23 fevral kuni 2024 yil 27 sentyabr va 3 oktyabr kunlari Isroil hujumlarida halok bo‘lgan “Hizbulloh”ning sobiq yetakchilari Hasan Nasrulloh va Hoshim Safiuddinni dafn etish marosimi bo‘lib o‘tgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025