Isroil Livan janubidagi Falastin lageriga zarba berdi
Olam
−
17 Oktabr
1851Isroil harbiy-havo kuchlari qiruvchilari Livan janubidagi Tir shahri yaqinidagi falastinlik qochqinlar lageriga zarba berdi. Bu haqda “Al Jadeed” telekanali xabar berdi. Qayd etilishicha, samolyotlar yerdagi nishonlarga bir nechta reydlar o‘tkazgan, kuchli portlashlar eshitilgan. HAMAS harakati idoralari joylashgan va uning tarafdorlari yashaydigan lagerga o‘t o‘chirish brigadalari va tez yordam mashinalari yuborilmoqda.
Zarbalar Tir shahrining boshqa chekkalari – El-Abbasiya va El-Xoshda ham uyushtirilgan. Teyr Debbeda to‘rt qavatli bino butunlay vayron bo‘lgan; qurbonlar va jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
SAXAL vakili Avixay Edri janubiy viloyatlar aholisiga X orqali arab tilida ogohlantirish yuborib, ularni bo‘lajak havo hujumi haqida xabardor qilgan. U ularga tez orada havo hujumlari ostida qoladigan nishonlar yaqinidagi uylarni tark etishni tavsiya qilgan.
15 oktyabr kuni Isroilning Livan janubidagi Qana shahriga uyushtirgan reydida kamida 10 kishi halok bo‘ldi, 15 kishi yaralandi. Rasmiylar halok bo‘lganlar va yaralanganlar tinch aholi yoki Livan “Hizbulloh”i a’zolari ekanligiga aniqlik kiritmadi.