Isroil kuchlari shtab boshlig‘i ham G‘azoni egallash rejasini ma’qulladi
Olam
−
18 avgust 2025 4607 2 daqiqa
Isroil mudofaa kuchlari bosh shtab boshlig‘i Eyal Zamir G‘azo sektorining markazi G‘azo shahrini bosib olish rejasini ma’qulladi. Bu haqda Isroilning KAN davlat televideniyesi xabar berdi.
Qayd etltshicha, bu qarorga orasida mahbuslar va bedarak yo‘qolganlar uchun mas’ul qo‘mondon Nitsan Alon ham bo‘lgan harbiy amaldorlar bilan uchrashuvda kelingan. Isroil Mudofaa vaziri Isroil Kats rejani ertaga, 19 avgust kuni ma’qullashi kutilmoqda, Isroil hukumati esa uni bu hafta oxirida muhokama qiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, reja ikki hafta ichida G‘azo shahridan bir millionga yaqin falastinlikni janubga “evakuatsiya qilish”ni o‘z ichiga oladi, shundan so‘ng shaharni egallash bo‘yicha bosqichma-bosqich “harbiy operatsiya” boshlanadi.
Isroil televideniyesining 12-kanali ham Zamir rejani ma’qullaganini tasdiqladi va hukumat uni hafta oxirigacha tasdiqlashi mumkinligini xabar qildi. Isroil armiyasi radiosining xabar berishicha, SAXAL shtab boshlig‘i “operatsiya” tafsilotlarini yakunlash uchun janubiy qo‘mondonlik bilan uchrashadi.
8 avgust kuni Isroil Isroil hukumati Bosh vazir Binyamin Netanyaxuning G‘azo shahrini bosib olish rejasini ma’qullagan. Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan oldin Netanyaxu yakuniy maqsad G‘azo sektorini to‘liq bosib olish ekanligini aytgan.
Isroilning KAN jamoat teleradiokompaniyasi armiya G‘azo shahrini egallashga qaratilgan “harbiy operatsiya”ni tezlashtirishga tayyorlanayotgani haqida xabar berdi. Isroil matbuoti xabariga ko‘ra, armiyaga G‘azo sektorining qolgan qismini egallab olish buyrug‘i berilgan, biroq bu reja sentyabrgacha amalga oshirilishi kutilmayapti.
Reja ikki bosqichni o‘z ichiga oladi: birinchi bosqichda G‘azo shahrini bosib olish, bir millionga yaqin falastinlikni janubga ko‘chirish, shaharni o‘rab olish va keyin uni shiddatli hujumlarga duchor qilish kiradi.
Ikkinchi bosqichda G‘azoning markaziy hududlarini, jumladan, asosan vayron bo‘lgan qochqinlar lagerlarini egallash rejalashtirilgan.
Isroil 1967 yildan 2005 yilgacha G‘azo sektorini ishg‘ol qilgan. Bugungi kunda 2,4 millionga yaqin falastinlik istiqomat qiluvchi G‘azo sektori 18 yildan beri qamalda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025