Isroil Xon Yunusdagi turarjoy mavzesini vayron qildi
Olam
−
17 avgust
2179Isroil armiyasi G‘azo sektorlarining janubida Xon Yunusdagi binolarga havo hujumi uyushtirdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Mahalliy manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil samolyotlari tinch aholiga tegishli binolarga zarba bergan. Hujumlar oqibatida binolar butunlay vayron bo‘lib, hududda tutun ko‘tarildi. Jabrlanganlar va yaradorlar haqida hali xabar qilinmagan.
16 avgust kuni Isroil armiyasi vakili Avchia Adrai ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yangi xaritani nashr etdi va Deyr El-Balah shahridan, shuningdek, Xon Yunusning Al-Karara, Al-Mavasi, Jala, Xamed va Nasr mavzelarini sharqqa evakuatsiya qilishni talab qildi.
Shunisi e’tiborga loyiqki, Adrai tomonidan taqdim etilgan xaritada Isroil "xavfsiz zona" deb e’lon qilgan va 1 milliondan ortiq falastinliklar boshpana topgan Mavasining ba’zi qismlari ham bor.
LiveBarchasi