Isroil kelishuvga qaramasdan G‘azoga hujumlarni davom ettirdi (video)

Olam

image

Isroil armiyasi G‘azo sektoriga qo‘yilgan blokada ostidagi hududga hujumlarni davom ettirdi. Bu HAMAS va Isroil orasida G‘azoda otashkesim to‘g‘risida kelishuvga erishilgani haqidagi xabarlarga zid holda amalga oshirildi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Isroil harbiy samolyotlari va artilleriyasi mintaqaning turli hududlarini o‘qqa tutdi, oqibatda yetti nafar falastinlik jarohatlandi. Osmonga qora tutun ustunlari ko‘tarildi.

Nosir shifoxonasi manbalariga ko‘ra, G‘azoning janubidagi Xon-Yunus shahrida turli mahallalarga qilingan havo hujumlari oqibatida uch kishi yaralangan.

Guvohlarning aytirishicha, G‘azoning janubida joylashgan Az-Zeytun mahallasidagi hududlarga qilingan hujumlarda yana to‘rt falastinlik jarohatlangan va u yerdan ham qora tutunlar ko‘tarilgan.

Bundan oldin AQSH Prezidenti Donald Tramp Isroil va HAMAS o‘rtasida G‘aza sektori bo‘yicha otashkesim rejasining birinchi bosqichi bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qilgandi. 

Kelishuvga ko‘ra, asirlar qisqa vaqt ichida ozod qilinadi va Isroil qo‘shinlari oldindan belgilab qo‘yilgan chizig‘ga chekinadi.

“Men katta faxr bilan ma’lum qilamanki, Isroil va HAMAS bizning tinchlik rejamizning birinchi bosqichini ma’qulladi. Bu kelishuv doirasida barcha asirlar yaqin fursatlarda ozod etiladi”, deb yozdi Tramp.

Tushga yaqin Isroilning KAN jamoat telekanali G‘azoda otashkesim kuchga kirganini xabar qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil hujum G'azo HAMAS kelishuv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing